Gruziya fuqarosi Vako Marchilashvili suv ostida Rubik kubiklarini yig`ish bo`yicha rekord o`rnatdi, deya xabar berdi “Imedi” nashri.
Marchilashvili suv ostida bir urinishda oltita Rubik kubiklarini yig`a olgan. Buning uchun unga 1 daqiqayu 44 soniya kerak bo`lgan.
18 yoshli Marchilashvili – kubik yig`ish bo`yicha ikki karra Gruziya chempioni hisoblanadi.
Rubik rubigi boshqotirmasi 1974 yili vengriyalik arxitektor Erne Rubik tomonidan ixtiro qilingan.






