AsosiyJamiyat

​Xotin-qizlar qo`mitasi Toshkent viloyatidagi mahkuma ayollar holidan xabar oldi

'​Xotin-qizlar qo`mitasi Toshkent viloyatidagi mahkuma ayollar holidan xabar oldi'ning rasmi

17 avgust kuni O`zbekiston Xotin-qizlari qo`mitasi xodimlari Toshkent viloyati «Tadbirkor ayol» uyushmasi, mahalliy hokimlik vakillari bilan birgalikda Toshkent viloyati IIB JIEB, 1-jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o`tayotgan mahkuma ayollarning holidan xabar olishdi.

Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad - ayrim sabablarga kura hayot yo`lida adashib kolgan ayollarni jamiyatga qaytganlaridan so`ng o`rnatilgan qonun-qoidalarga rioya etishlarini tushuntirishdir. Shuningdek, kasb-hunarga o`rgatish ishlarini tashkil etish orqali ularning e`tiborini ma`lum maqsadlarga yo`naltirishdan iborat bo`ldi.

Samimiy muloqot tarzida o`tgan uchrashuv chog`ida ayollarga Xukumatimiz tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy ximoya kilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar haqida so`z bordi. Aellarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Tadbir so`nggida ayollarni kirib kelayotgan bayramlar bilan qutlab, sovg`alar ulashildi.

    Boshqa yangiliklar