Hammamiz ham tug`ilgan makonimizni bir umr ulug`laymiz. Vatanga nisbatan ko`nglimizda iliq bir tuyg`u har doim bo`y ko`rsataveradi. Bu borada fransuz faylasufi Volterning “Vatanga bo`lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug`idan ko`z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo`lsa, Vatanimni jahondagi g`aznalar bilan yanada shunchalik boyitgim keladi” kabi ta`rifi maqolamiz qaxramoni o`y-hayollari bilan chambarchas bog`liq bo`lsa ajab emas.
So`ngi yillarda xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi uchun Davlat Raxbari tomonidan ulkan islohotlar olib borilayotganligi barchamiz yaxshi kayfiyat, kuchimizga kuch qo`shmoqda, desak mubolag`a bo`lmaydi, albatta. U kishining sa`y-harakatlari Bilan har jabhada quvonarli o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fan, ta`lim, madaniyat, sog`liqni saqlash, turizm va sport sohalarida sezilarli darajada yangilanishlar kuzatildi.
Prezident tashabbusi bilan yurtimizga chet davlatlardan investorlar jalb qilinayotganligini olib borilayotgan islohotlarni barqaror amalga oshirishga kata ko`mak bo`lmoqda. Shunday investorlar orasida o`zini o`zbekligidan g`ururlanib yashaydigan Alisher Usmonov Burxanovichning ham borligi o`zbek xalqining fahri desak hato bo`lmaydi. E`tiborlisi shundaki Alisher aka Usmonov O`zbekistonning turli sohalariga homiylik xayriya mablag`larini kiritib, o`zining chinakam vatan o`g`loni ekanligini isbotlamoqda.
Xalqimiz orasida “agar inson o`zining vatanparvarligini madh etib dunyoga jar solsa u inson unchalik ham vatanparvar emas” qabilidagi tarbiyaviy gaplar juda ham ko`p uchraydi. Lekin A.Usmonovning biror-joyda men “vatanparvarman” degan so`zni uchratmaysiz. U insonning chin vatanparvarligini mamlakatimizda davom etayotgan ulkan qurilishlarga beg`araz yordamidan sezish mumkin.
Xususan, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent Islom taraqqiyot markazi qurilishlariga, shuningdek, Buxorodagi tarixiy obidalarni qayta ta`mirlash uchun jami 100 mln dollardan ortiq hayriya mablag`larini ajratganligi chinakam o`zbek farzandi ekanligidan dalolatdir. Asli o`zbeklarning g`ururi bo`lgan milliarder Alisher Usmonov superzamonaviy turistik majmua – “Qadimiy Buxoro” loyihasida beg`araz homiylik sharti Bilan ishtirok etishi barcha o`zbeklar uchun o`rnak bo`lsa arziydi.
Har ko`ngilning o`z aziz tushunchalari, ardog`iga, mehru-muhabbatiga munosib joylari bo`ladi. Mana shu muqaddas zamin – Vatan tuyg`usi har bir ko`ngilda mujassam desak yanglishmaymiz. Inson o`zi tug`ilib o`sgan maskani, uning tanti, mehnatkash, jafokash xalqiga nisbatan hamisha samimiy munosabatda bo`lgan. Bu bejiz emas albatta.
Zero, tug`ilib o`sgan diyor har birimiz uchun muqaddas sajdagohdir.
Shokir Sa`dullaev,
“Dunyo o`zbeklari” redaksiya pochtasidan






