Mustaqilligimizning 27 yilligiga tayyorgarlik ko`rish hamda Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan ushbu umuxalq xayriya hasharida barcha hamyurtlarimiz faol qatnashmoqda.
Erta tongdanoq mamlakatimizning barcha hududlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumxalq xayriya hashari ko`tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan boshlandi.
Hashar kunlari mahallalardagi 37 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish, 24 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston hamda 760 tadan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirib, tartibga keltirish, 10 milliontaga yaqin daraxtlarni oqlash, butash, maishiy chiqindilarni maxsus joylarga tashib chiqarish ko`zda tutilgan.
“Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin!” aksiyasi o`tkazilib, 17 mingdan ortiq kam ta`minlangan oilalarning 250 ming metr kvadratga yaqin uy-joyini hashar yo`li bilan ta`mirlash, 20 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga, shundan 11 ming nafardan ortiq nogiron va yolg`iz qariyaning, ming nafardan ziyod urush va mehnat fronti faxriylarining holidan xabar olib, ularga moddiy yordamlar ko`rsatish nazarda tutilgan.
O`zA xabariga ko`ra, tadbirlarni amalga oshirish ishlarida 17 million nafardan ziyod fuqaroning ishtiroki rejalashtirilmoqda. Shulardan 9 millionga yaqinini yoshlar tashkil etadi.






