AsosiyJamiyat

Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasining navbatdagi kongressida​ O`zbekiston vakili ​ham qatnashadi

'Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasining navbatdagi kongressida​ O`zbekiston vakili ​ham qatnashadi'ning rasmi

Bugun, 18 avgust kuni Turkiya Respublikasidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasining navbatdagi VI Katta kongressi bo`lib o`tadi.

Kongressda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi Aktam Axmadovich Xaitov ishtiroki belgilangan.

Shu munosabat bilan Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan kecha - 17 avgust kuni xorijiy delegasiyalar sharafiga rasmiy qabul uyushtirildi. Unda Aktam Xaitov O`zbekiston tomoni vakili sifatida ishtirok etdi.

Zamonaviy Turkiyada 2 ta etakchi partiyani ko`rsatish mumkin: Adolat va taraqqiyot partiyasi (tur. - Adalet ve Kalkınma Partisi – quyida ARP) va Respublika Xalq partiyasi (Cumhuriyet Halk Partisi - RXP). ARP 1970 yilda dastlab Milliy tartib partiyasi (Milli Nizam Partisi)nomi ostida tashkil topgan. Adolat va taraqqiyot partiyasi nomi bilan 2001 yildan faoliyat yuritmoqda, ko`pincha AK Parti (tur. Ak - oq, yorqin, sof) qisqartma nomi bilan ataladi. Partiya etakchisi – Turkiya Prezidenti Redjep Tayip Erdog`an, partiya rahbari – Bosh vazir Binali Yildirim.

So`nggi parlament saylovlari Turkiyada (navbatdan tashqari) 2018 yil 24 iyunda prezident saylovlari bilan bir vaqtda bo`lib o`tdi. Saylovchilar ishtiroki 86,23 foizni tashkil etdi. Turkiya Prezidenti Redjep Tayip Erdog`an 52,5 foiz saylovchilarning qo`llab-quvvatlovchi ovoziga erishib, prezident saylovining birinchi turida ishonchli g`alaba qozondi.

Bugungi kunda Adolat va taraqqiyot partiyasi Turkiyada etakchi partiya hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar