AsosiyShou-biznes

Anjelina Joli o`zi haqida film suratga oladi

Mashxur gollivud yulduzi Anjelina Joli “Afrika” nomli filmga rejissyorlik qilish taraddudida. Bu haqda www.filmpro.ru nashri ma`lumot beradi.

Ushbu film uning o`z hayoti haqida. Film 1970 yillarda qator antropogenetik qazilmalarni topgan keniyalik paleo-arxeolog Richard Lik bilan bog`liq syujetdan boshlanadi. Ma`lum bo`lishicha, Anjelina Joli hayoti davomida Afrika bilan qandaydir uzviy bog`liqlikni his etib yashagan, shu sababli ham u bevosita Afrika bilan bog`liq ssenariy asosida film suratga olish istagida.

 

Aytish lozimki aktrisa BMT elchisi sifatida Afrikaga ko`p bor kelgan. Joli va uning turmush o`rtog`i Bred Pittlarning eng iliq xotiralari ham aynan ushbu mamlakat bilan bog`liq. Sababi ularning egizaklari Shaylo va Nuvel Namibiyadagi klinikalarning birida dunyoga kelgan. Bundan tashqari juftlik qizlari Zaxarani Efiopiyada asrab olishgan. 

    Boshqa yangiliklar