AsosiyJamiyat

“O`zbekiston Havo yo`llari” Saudiya Arabistoniga doimiy parvozlarni yo`lga qo`yadi

'“O`zbekiston Havo yo`llari” Saudiya Arabistoniga doimiy parvozlarni yo`lga qo`yadi 'ning rasmi

“O`zbekiston Havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 28 oktyabridan boshlab Toshkent – Jidda – Toshkent yo`nalishida parvozlarni yo`lga qo`yadi deb xabar qilmoqda aviakompaniya matbuot xizmati.

Toshkentdan Jiddaga parvozlar Boeing767 avialaynerlari orqali amalga oshiriladi. Aviaqatnovlar haftada ikki marta, seshanba va yakshanba kuni amalga oshiriladi. Unga qadar esa Jiddaga faqatgina “Haj” dasturi asosida charter reyslar amalga oshirilgan.

Toshkent-Jidda yo`nalishi bo`yicha harakatlanuvchi aviaqatnov vaqti (mahalliy vaqtlarda ko`rsatilgan):

Seshanba va yakshanba kunlari: HY-335 Toshkent 17:50 – Jidda 21:00

Seshanba va yakshanba kunlari: HY-336 Jidda 22:30 – Toshkent 05:10+1.

    Boshqa yangiliklar