Janubiy Koreyaning Incheon shahrida XVII Osiyo o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston delegasiyasi tarkibidagi jami 228 sportchi 32 sport turi bo`yicha mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahd as-Saboh barchani ushbu sport bayrami bilan qutladi. Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe Osiyo o`yinlarini rasman ochiq deb e`lon qildi.

Osiyo o`yinlari madhiyasi yangrab, XVII yozgi Osiyo o`yinlari bayrog`i ko`tarildi. Sportchilar va hakamlar qasamyod qabul qildi.

Shundan so`ng o`yinlarning muvaffaqiyatli o`tishi, xalqlar o`rtasida tinchlik, hamjihatlik va farovonlik ramzi sifatida mash`alani yoqish marosimi bo`lib o`tdi.





