AsosiyJamiyat

Rossiya FVV delegasiyasi O`zbekistonda mehmon bo`lmoqda

'Rossiya FVV delegasiyasi O`zbekistonda mehmon bo`lmoqda'ning rasmi

Rossiya Favqulodda Vaziyatlar vazirligining "Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo`yicha butun Rossiya tadqiqot instituti" federal byudjet tashkilotining delegasiyasi 14 avgust kuni O`zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.

"Tashrif davomida mehmonlar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, va Respublika sog`liqni saqlash vazirliklarining navbatchi dispetcherlik xizmatlari bilan tanishib, ular bilan tajriba almashishadi", - deyilgan xabarda.

Ushbu tashrif O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Jahon bankining "O`zbekistondagi ofatlarni oldini olish" qo`shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Rossiya delagasiyasi O`zbekistonda 17 avgustga qadar bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar