AsosiyJamiyat

Endi suyultirilgan gazni etkazib berishda muammo bo`lmaydi

'Endi suyultirilgan gazni etkazib berishda muammo bo`lmaydi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan suyultirilgan uglevodorod gaziga bo`lgan ehtiyojni aniqlash tartibi belgilandi.

Aholi va ijtimoiy soha ob`ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini etkazib berish tizimini takomillashtirish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizom bilan suyultirilgan uglevodorod gaziga bo`lgan ehtiyojni aniqlash tartibi belgilandi. Endilikda gaz ta`minoti tashkilotlari har yili 1 avgustga qadar “O`ztransgaz” AJga suyultirilgan uglevodorod gaziga bo`lgan ehtiyoj hajmini davrlar (qishki, yozgi), choraklar va oylarga ajratgan holda taqdim etishi kerak.

Suyultirilgan uglevodorod gaziga qo`shimcha ehtiyoj paydo bo`lganda bu masala “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ko`rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Shuningdek, gaz ta`minoti tashkilotlari 1 sentyabrga qadar kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga bo`lgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.

Kundalik hayotda iste`mol qilish uchun aholi va ijtimoiy soha ob`ektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini etkazib berish belgilangan narxlarda “O`ztransgaz” AJ va yoki uning hududiy gaz ta`minoti filiallari orqali amalga oshiriladi.

Nizomda gaz ballonlariga bo`lgan ehtiyojni aniqlash, ularni iste`molchilarga etkazib berish va hisobini yurishi tartibi, shuningdek, gaz ta`minoti tashkilotlari va iste`molchining huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan.

    Boshqa yangiliklar