Xitoylik kashfiyotchi o`z qo`llari bilan yasagan uchar skuterni namoyish etdi, deya xabarberdi 120.su nashri.
Xitoyning Guandun provinsisidagi Dunguan shaharchasida istiqomat qiluvchi Chjao Deli o`zi yasagan uchar skuter 220 kg.gacha vazn ko`tarib, soatiga 70 km. tezlik olishini ma`lum qildi.
Keyinchalik Chjao apparatida Xuanxe daryosi uzra uchib o`tmoqchi.






