Britaniyaning Lestershir grafligidagi kichik butxonada olib borayotgan qazilma ishlari davomida arxeologlar bundan 700 yil avval ko`milgan ikki insonning skeletlarini topishdi.
Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda bu ikki skelet sevishgan insonlarniki. Chunki skeletlar bir-birining qo`llarini ushlab yotganliklari ko`rinib turardi, deya yozadi lifenews.ru nashri. Aynan ushbu fikrni skeletlar ustida o`tkazilgan radiouglerod tahlili ham tasdiqlagan.





