AQShning yosh dizaynerlarini doimiy ravishda qo`llab-quvvatlab, e`tiborini ayamaydigan Mishel Obama moda olamidagi insonlarni birlashtirgan holda birinchi moda bo`yicha ta`lim seminarini tashkillashtirmoqda. Bu haqda www.starslife.ru nashri xabar beradi.
2014 yilning 8 oktyabr sanasida AQSh prezidenti Barak Obamaning rafiqasi, AQShning birinchi ledisi oq uyda moda olamining bir bo`lagi bo`lishni istagan va bu sohaga qiziqadigan yoshlar uchun mahorat darsini tashkil qiladi.
Tadbir davomida yuqori sinf o`quvchilari hamda talabalar moda olamining profissional ustalaridan maslahat olishlari, o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari imkoniyati yaratiladi.





