Amerikalik basketbolchi Bull Bullard havoga ko`tarilayotgan samolyotdan turib basketbol savatchasiga to`pni tushirishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru. nashri.
Basketbol savatchalari uchish yo`lagiga o`rnatildi. Bullard samolyot bortida turib, ularni mo`ljalga oldi va to`plarni bexato ravishda savatchalarga tushirdi.
Bullard Amerikaning "Xarlem Gloubtrotters" jamoasi a`zosi hisoblanadi, bundan tashqari turli xil sport shoularida ham ishtirok etib keladi.






