AsosiyDunyo

Yaponiyada may oyidan beri jaziramadan 140 kishi vafot etdi

'Yaponiyada may oyidan beri jaziramadan 140 kishi vafot etdi'ning rasmi

Yaponiyada 30 apreldan beri issiqdan aziyat chekib kasalxonaga yotqizilgan bemorlar soni 70 ming kishidan oshgan, ulardan 140 nafari olamdan o`tgan deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Bunday ma`lumotni mamlakatning tez tibbiy yordamni o`z ichiga oluvchi o`t o`chirish xizmati ma`lum qilgan. 6 avgustdan beri 6 kishi vafot etgan, 7079 kishini quyosh urgan. Bunga havoning 40 darajagacha ko`tarilib ketishi sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar