AsosiyJamiyat

Toshkent IIBB buxorolik firibgar Juletta haqida xabar berdi

'Toshkent IIBB buxorolik firibgar Juletta haqida xabar berdi'ning rasmi

O`zbekistonda fuqarolarni xorijga jo`natishni va`da qilgan shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xaar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ta`kidlanishicha, ichki ishlar organlariga Yashnobod tumanida yashovchi 61 yoshli D. Ra`no ariza bilan murojaat qilib, ayol o`z arizasida X.Julettaga nisbatan qonuniy chora ko`rishlarini so`ragan.

Ma`lum bo`lishicha, X. Juletta ayolning o`g`lini Koreyadagi avtozavodlardan biriga ishga joylab qo`yish evaziga 1500 AQSh dollarini olib, va`dasini bajarmagan.

Tergov ishlari davomida asli Buxoro viloyatida yashovchi 55 yoshli Juletta hech qaerda ishlamasligi va fuqarolarni xorijga ishga jo`natish vakolatiga ega emasligi ma`lum bo`ladi. Shuningdek, gumonlanuvchining tan olishicha, D.Ra`nodan olgan pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumondorning xuddi shu turdagi yana boshqa jinoyatlarga ham aloqasi borligi aniqlangan. Jumladan, X.Julettaning va`dasiga uchgan yana olti nafar shaxs ayni vaqtda ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Jabrlanganlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy va Buxoro viloyatida yashovchi fuqarolar ham bor.

Gumonlanuvchidan ko`rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar