Respublika oliy ta`lim muassasalarida o`tkazilgan test sinovlari o`n ikkinchi kuni yakuni Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook‘dagi rasmiy sahifasida e`lon qilindi. Unda qayd etilishicha, 12 avgustda o`tkazilgan ikki smenadagi test jarayonlarida 3 ta oliy ta`lim muassasalarining 14 ta ta`lim yo`nalishida 7 ming 331 nafar abiturient ishtirok etdi, turli sabablarga ko`ra 293 nafar abiturient test sinovlariga kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 27 nafar abiturient, shundan 14 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 13 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test natijalari Andijon va Surxondaryo viloyatlaridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Andijon viloyatidan kechasi 00:30da etib keladi.
Har ikki smenadagi test sinovlari katta hajmli monitorlar yordamida hamda UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko`rinishida to`g`ridan-to`g`ri yoritildi.
12 avgust test natijalari 13 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.






