Davlat test markazi tomonidan e`lon qilingan respublika oliy ta`lim muassasalarida o`tkazilgan test sinovlarining o`n birinchi kuni natijalariga qaraganda, shu kuni davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 164,0, to`lov-kontrakt bo`yicha eng yuqori o`tish bali esa 135,6 ni tashkil qildi.
Oliy ta`lim muassasalari bo`yicha eng yuqori o`tish bali davlat granti bo`yicha Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o`qitish: nemis tili» ta`lim yo`nalishida qayd etilgan bo`lsa, to`lov-kontrakt bo`yicha eng yuqori ball Farg`ona davlat universitetining «Ijtimoiy ish» ta`lim yo`nalishiga to`g`ri keldi.
Ma`lumotga qaraganda 11 avgust kuni test sinovlari 18 ta oliy ta`lim muassasalari bo`yicha o`tkazildi. Ularda 24 247 nafar abiturient ishtirok etdi.
O`rtacha o`tish bali - davlat granti bo`yicha 109,4 ni, to`lov-kontrakt bo`yicha esa 80,3 ni tashkil qildi.
Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.






