AsosiyDunyo

Robert Redford aktyorlik faoliyatiga nuqta qo`yishini ma`lum qildi

'Robert Redford aktyorlik faoliyatiga nuqta qo`yishini ma`lum qildi'ning rasmi

Amerikalik aktyor va rejissyor Robert Redford kinoda suratga tushishni to`xtatmoqchi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.

81 yoshli aktyor ayni pozitiv nuqtada aktyorlik faoliyatiga nuqta qo`yib, nafaqaga chiqishga qaror qilgan. O`zining aytishicha, ehtimol, bitta-yarimta loyihaga rejissyorlik qilishi mumkin.

Robert Redford “Butch Kessidi va Sandens Kid” (1969) va “Firibgarlik” (1973) filmlari orqali mashhur bo`lgan. U, shuningdek, “Buyuk Getsbi” (1974) va “Barcha prezidentlik lashkarlari” (1976) filmlarida ham suratga tushgan. Robert “oddiy odamlar” filmi rejissyorligi uchun “Oskar” sohibiga aylangan.

    Boshqa yangiliklar