Kechki va tungi vaqtlarda poytaxt yo`llarida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzayotgan haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko`rilmoqda, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Jumladan, o`tgan 5 kunning aynan tungi vaqtlarida 45 nafar haydovchi avtomobilni mast holda boshqargani ma`lum bo`ldi. Ulardan 25 nafari esa transport vositasini belgilangan tezlik me`yoridan oshirib boshqargani uchun to`xtatilgan edi.
4-9 avgust kunlarining tungi vaqtlarida jami bo`lib, 2 209 qoidabuzarlar aniqlangan. Ulardan:
• 1 867 haydovchi tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan;
• 24 nafari svetoforning qizil chirog`ida to`xtamagan;
• 108 kishi yo`l belgilarini inkor etgan.
“Hurmatli haydovchi! Yo`llarda harakat qoidalariga qiling. Mastlik va tezlik sizni siz kutmagan manzilga olib borishini unutmang! O`zingiz va yaqinlaringizga rahm qiling! Ehtiyot bo`ling!” - deyiladi xabarda.






