2018 yil 8 avgust kuni Namangan shahrida «Eng ulug`, eng aziz» an`anaviy tanlovining Namangan viloyat bosqichi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`ldi.
Tadbirda O`zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev, O`zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov, O`zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov, viloyat hokimi o`rinbosari Paxriddin Matkarimovlar so`zga chiqib, g`oliblarni tabriklashdi.
Tanlovga bosma va elektron OAV xodimlari tomonidan 94, tasviriy va kino san`ati, foto va dizayn bo`yicha yo`nalishida 81 ta, yozuvchi va shoirlarning 10 dan ortiq asarlari taqdim etildi.

Olti nominasiya bo`yicha 18 nafar ijodkor taqdirlandi.
Ma`lumot uchun aytib o`tish kerakki, bugungi kunda viloyatda bitta teleradiokompaniya, 53 ta gazeta va jurnal tahririyatlarida jurnalistlar ijodiy uyushmasining 150 nafar a`zosi faoliyat olib bormoqda.






