O`zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o`qitish tashkil qilinadi.
Shaxmat bo`yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi O`zbekiston shaxmat federasiyasi tasarrufiga berildi.
2018 yil 1 sentyabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qat`i nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o`qitish va tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari majburiy akkreditasiyadan o`tkaziladi.
Xalq ta`limi vazirligiga 2018 yil 20 avgustga qadar maktablarida shaxmatga o`qitish bo`yicha ta`lim dasturlarini tasdiqlash vazifasi yuklandi.






