Sochidagi Lazarevskiy kurortida dahshatli fojia yuz berdi, deya ma`lum qildi Ren.tv nashri.
Buvi va nabira yo`lakdan ketayotgan bir paytda nabira ochiq turgan lyukka tushib ketadi. Bu vaqtda esa paqirlab yomg`ir yog`ardi. Sarosimaga tushgan buvi ne qilarini bilmay o`tkinchilarni yordamga chaqirgan. Ammo buning hech qanday nafi bo`lmagach, buvining o`zi nabirasining ortidan o`zini lyuk ichiga tashlaydi.
Keyinroq bolakayning jasadi topilgan. Buvining taqdiri esa noma`lumligicha qolmoqda.






