Vologdada bir yarim yashar bolakay bog`chadan qochdi, deb xabar qildi Life.ru nashri.
Bolakay “sokin soat” paytida birgina tagligida astagina bog`chadan chiqib, “quyonni survorgan”. Bolalar bog`chasi tarbiyachisi esa bola yo`qolganini payqab izlashga tushgan. Ammo qidiruv besamar ketgan.
Bolakayni ko`chadagi o`tkinchi ayol ko`rib qolib bog`chaga qaytarib olib kelgan.






