AsosiyDunyo

Xitoyda “Kalmedji” tayfuni oqibatida 6 mln kishi jabrlandi

Xitoy janubida kuzatilgan “Kalmedji” tayfuni oqibatida Xaynan, Guandun va Guansi-Chjuan provinsiyalarida 5,97 mln kishi jabrlandi.

Xitoy Xalq Respublikasining quruqchilik va suv toshqinlari bilan kurashish  davlat shtabining ma`lum qilishicha, tabiiy ofat etti kishining umriga zomin bo`lgan, bir kishi bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda.

Tashkilot hisobotida yozilishicha, yuqorida aytilgan hududlarda 668 ming gektar ekin maydonlarini suv bosgan, 1,6 ming ta uy vayron bo`lgan. Shuningdek,tabiiy ofat aeroport hamda temir yo`llar faoliyatini to`xtatishiga sabab bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar