"O`zbektelekom" AJ rahbariyatida lavozimiy tayinlanishlar amalga oshirildi. Kompaniya rahbari etib Shuhrat Qodirov tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda.
Qodirov 2016-2018 yillarda “O`zbektelekom” bosh direktori lavozimida ishlagan. 2018 yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farhod Roziev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o`tkazildi.
Jamol Maqsudov Evgeniy Marking o`rniga istiqbolli rivojlantirish va innovasiyalar bo`yicha direktor lavozimiga tayinlandi.






