AsosiyJamiyat

Test sinovlarining birinchi haftasida 12 mingga yaqin abiturient turli sabablarga ko`ra imtihonlarga kelmagan

'Test sinovlarining birinchi haftasida 12 mingga yaqin abiturient turli sabablarga ko`ra imtihonlarga kelmagan'ning rasmi

1—7 avgust kunlari davomida 405 736 nafar abiturient test sinovlarini topshirdi. Bu haqda O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook‘dagi sahifasida ma`lum qildi.

Imtihonlarning birinchi haftasiga doir asosiy ko`rsatkichlar aks etgan jadvalga ko`ra, 11 927 nafar abiturient turli sabablarga ko`ra imtihonlarga kelmagan, 887 nafar abiturient esa qoidabuzarliklarga yo`l qo`ygani uchun imtihonlardan chetlatilgan.

Ma`lumot uchun, bu yil oliy o`quv yurtlariga kirish uchun 675 049 nafar abiturient hujjat topshirgan edi.

O`zbekistonda 1 avgustdan oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlari bo`lib o`tmoqda. Test sinovlari 15 avgustga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar