AsosiyJamiyat

“Sistema” AMK rahbarining hibsga olinishi O`zbekistonda “UMS”ni ochilishiga ta`sir o`tkazmasligi kerak

Avvalgi xabarlarimizda “Sistema” aksiyadorlik moliya korporasiyasi direktorlar kengashi raisi Vladimir Evtushenkovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida xabar bergandik.

“MTS” uyali aloqa operatori kompaniyasining nazorat paketiga ega “Sistema” AMK rahbari pul mablag`larini o`zlashtirib olishda ayblanmoqda.

“Sistema” aksiyadorlik moliya korporasiyasining Anhor.uz saytiga ma`lum qilishicha, korporasiya egasi bilan bog`liq hodisalar O`zbekistonda aloqa operatorini ochish rejasiga hech qanday ta`sir o`tkazmasligi kerak.  

Hozirda rasmiy iltimosnoma inobatda olinib, Vladimir Evtushenkovga nisbatan sud tomonidan ehtiyot chorasini sifatida uy qamog`i qo`llandi.

Eslatib o`tamiz, iyul oyining so`nggi kunida O`zbekiston hukumati Rossiyaning «MTS» telekommunikasiya operatori bilan murosa bitimini imzolagan. Kelishuvga ko`ra, «MTS» O`zbekiston Respublikasi bo`ylab davlat ishtirokidagi qo`shma korxona doirasida mobil aloqa xizmatini qayta yo`lga qo`yadi.

    Boshqa yangiliklar