Meksikaning Kontoy orolida sayozlikka chiqib qolgan kit qutqarib qolindi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.
Jonivorning uzunligi 18 metr bo`lib, u ozuqa ilinjida sohil yaqinigacha suzib kelgan bo`lishi mumkin. Kitni tabiatni muhofaza qilish xodimlari va bir necha ko`ngillilar beshikast chuqur suvgacha olib borishgan. Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra, agar bu holatdan vaqtida xabar topilmaganda jonivor nobud bo`lardi.






