AsosiyDunyo

Peruda 10 dan ortiq odamlar ovqatdan zaharlanish natijasida hayotdan ko`z yumdi

'Peruda 10 dan ortiq odamlar ovqatdan zaharlanish natijasida hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Peruda 10 dan ortiq odamlar ovqatdan zaharlanish natijasida hayotdan ko`z yumdi, deb xabar bermoqda RT.com nashri.

Voqea Andes viloyatida dafn marosimi vaqtida ro`y bergan. Marosimga kelgan mehmonlarda birin-ketin kasallik alomatlari kuzatilib, shifoxonaga etkazildi. Hodisa tufayli kamida 10 kishi halok bo`lgan, yana o`nlab odamlar zaharlangan. Og`ir ahvolda qishloq kasalxonasiga etkazilganlar shahar markaziga olib o`tildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi o`tkazgan tekshirish natijasiga ko`ra, ular iste`mol qilgan mahsulotlardan o`simliklarni zararlantirishda ishlatiladigan pestisíd kimyoviy moddasi borligi aniqlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan oyda ham shu kabi holat sodir bo`lgan edi. Endilikda mazkur hodisa yuzasidan tergov ishlari olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar