AsosiyShou-biznes

Jeki Channing o`g`li uch yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Xitoy poytaxtidagi Dunchen okrugi jamiyat xavfsizligi boshqarmasi jangari filmlar yulduzi Jeki Channing o`g`li Jeysini hibsga olish to`g`risida qaror qabul qildi.  U giyohvand modda saqlash va iste`mol qilishda gumon qilinmoqda.

Mahalliy OAVlarning xabariga ko`ra, mashhur aktyorning o`g`li uch yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

32 yoshli Jeysi Chan avgust oyida Pekinda qo`lga olingandi. Qon analizlari uning organizmida marixuana borligini ko`rsatgan va uning uyida o`tkazilgan tintuv ishlari davomida 100 gramm giyohvand modda topilgan.  Jeysi 8 yil avval giyohvand moddalarni iste`mol qilishni boshlaganini tan oldi.

Jeki Chan o`g`li qilgan ishi uchun ommadan kechirim so`radi. “Jeysi va shaxsan o`zimning nomimdan barchadan uzr so`rayman”,-dedi  aktyor.

Ma`lum bo`lishicha, Jeki Chan 2009 yili Xitoyda giyohvand moddalarga qarshi kurashish elchisi etib tayinlangandi.

ITAR-TASS agentligining qayd qilishicha, ko`pgina internet foydalanuvchilar aktyorni qo`llab-quvvatlashgan. Qolganlar esa o`g`lining tarbiyasi uchun vaqt ajratmagani uchun uni tanqid qilishgan.

    Boshqa yangiliklar