AsosiySport

Rossiyalik Olga Zabelinskaya Osiyo O`yinlari – 2018da O`zbekiston bayrog`i ostida chiqadi

'Rossiyalik Olga Zabelinskaya Osiyo O`yinlari – 2018da O`zbekiston bayrog`i ostida chiqadi'ning rasmi

O`zbekistonlik velomarafonchilar tarkibida Rossiyaning sobiq sportchisi Olga Zabelinskaya ham bor, deb xabar bermoqda O`zA.

Zabelinskaya “Match TV”ga bergan intervyusiga ko`ra, Rossiya sporti atrofidagi muhit o`tishining asosiy sababi bo`lgan. 2020 yilgi Olimpiada o`yinlarida ishtirok eta olmasligiga ishonch hosil qilgandan keyin shunday qarorga kelganini aytadi.

Ilgari sportchi Rossiya velosport federasiyasi (FVSR)ga fuqaroligini o`zgartirish va O`zbekiston tarkibiga qo`shilish niyati borligini bildirgan.

Olga Zabelinskaya 2012 yilda Londondagi Olimpiya o`yinlari bronza medali sovrindori va Rossiya terma jamoasi tarkibida Rio – 2016 o`yinlarida kumush medalni qo`lga kiritgan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o`tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o`yinlarida 232 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo`yicha g`oliblik uchun bahslashadi.

    Boshqa yangiliklar