Ilgarigi tartibga ko`ra, tarbiyalanuvchining ota-onasi va uning o`rnini bosuvchi shaxslargina bolani bog`chaga olib kelib, undan olib ketish huquqiga ega edi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.
O`zgartirish bilan tarbiyalanuvchini bog`chaga olib kelishi va olib ketishi lozim bo`lgan shaxslar toifasi kengaytirildi.
Ilgarigi tartibga ko`ra, tarbiyalanuvchining ota-onasi va uning o`rnini bosuvchi shaxslargina bolani bog`chaga olib kelib, undan olib ketish huquqiga ega edi.
Ushbu toifaga endilikda ular bilan bir qatorda ota-onaning voyaga etgan farzandlari, bolaning bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakil ham kiritildi.






