AsosiyJamiyat

23 yoshli talaba Turizm qo`mitasi raisi o`rinbosari etib tayinlandi

'23 yoshli talaba Turizm qo`mitasi raisi o`rinbosari etib tayinlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Akbarov Saidakbarxon Tohir o`g`li O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining o`rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ta`kidlash joizki, 29 iyun kuni Olmazor tumanida o`tkazilgan yig`ilishda Saidakbarxon Akbarov O`zbekistonda turizmni rivojlantirish bo`yicha bir qator amaliy takliflarini bildirganidan so`ng, Prezident Shavkat Mirziyoev uning nomzodini rais o`rinbosari lavozimiga taklif qilgan edi.

Saidakbarxon Akbarov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining 4-kurs talabasi hisoblanadi. Yosh bo`lishiga qaramay, tadbirkorlik faoliyati tajribasiga ega. U 2013 yildan 2018 yilgacha ta`lim markazlari tarmog`ini boshqargan.

Saidakbarxon Akbarov Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasida yoshlar turizmini rivojlantirish, smart turizm va innovasion g`oyalarni joriy qilish, shuningdek ushbu sohada ta`limiy xizmatlarni takomillashtirish masalalari bilan shug`ullanadi.

    Boshqa yangiliklar