AsosiyJamiyat

Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan kompaniya O`zbekistonda

'Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan kompaniya O`zbekistonda'ning rasmi

“O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Sanginov Xitoy Xalq Respublikasining yirik “SANY Heavy Industry Northwest Co.,LTD“ korporasiyasi prezidenti Syan Venbo bilan uchrashdi.

Qayd etish joizki, Xitoydagi mazkur kompaniya o`z faoliyatini 1989 yilda boshlab, hozirda yirik qurilish texnikalarini ishlab chiqarish bo`yicha jahonda etakchi hisoblanadi. Beton bilan ishlashga mo`ljallangan uskunalar, ekskavatorlar, gusenisali kranlar, o`zi yurar kranlar, qoziqoyoqlar qoqish uchun mashinalar, yo`l-qurilish texnikasi, shamol turbinalarining bir necha turi shular sirasidandir. Ayni vaqtda u Xitoyda beshta industrial parkka, AQSh, Germaniya, Hindiston va Braziliyada tadqiqotchilik va ishlab chiqarish bazasiga ega bo`lgan global korporasiya hamdir.

Hozirda bu kompaniya 150 dan ortiq mamlakatga qurilish texnikalarini etkazib bermoqda. Eng qizig`i, “SANY Group” 2007 va 2009-yillarda 66 metr va 77 metr balandlikdagi beton nasoslar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyati uchun Ginnesning rekordlar kitobiga ikki marotaba kirgan.

– O`zbekistonda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida ishtirok etishdan quvonchimiz cheksiz, – deydi “SANY Heavy Industry Northwest Co.,LTD“ korporasiyasi prezidenti Syan Venbo. – Bugungi ikki tomonlama do`stona hamkorlik uchrashuvida hududlardagi qurilish ishlari uchun yana ko`proq zamonaviy texnikalar etkazib berishga kelishib oldik.

O`zA xabariga ko`ra, uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Boshqa yangiliklar