Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i Dilshod Akramovni o`ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo`lga olindi va unga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo`llandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga asoslanib, "Хalq so`zi" хаbar bermoqda.
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib shahar IIBB HPB (Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) katta inspektori R.Abdullaev (1985 yilda tug`ilgan, IIV tizimida 2009 yildan ishlab kelgan) ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi.
Eslatib o`tamiz, 2018 yil 4 avgust kuni soat 21:10 larda Mirobod tumani, T.Shevchenko ko`chasida joylashgan IIVga qarashli PPX va JTSBB binosining ikkinchi qavatidagi o`z xizmat xonasida Dilshod Akramovning (1979 yilda tug`ilgan, IIV tizimida 1996 yildan ishlagan, shahar IIBB PPX va JTSBB Bosh boshqarma boshlig`i) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
2018 yil 4 avgust kuni mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov Bosh prokuratura «O`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish» boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.






