AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Samarqand viloyat Kengashi faollari bilan uchrashdi

'O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Samarqand viloyat Kengashi faollari bilan uchrashdi'ning rasmi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi vakillari hududlardagi ahvol bilan yaqindan tanishish va joylardagi muammolarni o`rganish maqsadida partiyaning Samarqand viloyat, tuman, shahar Kengashlari raislari, apparat rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda BPT raislari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda so`zga chiqqan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mita raisi Aktam Xaitov partiya oldida turgan ustuvor vazifalar, uning jamiyatdagi o`rni va roli, partiya g`oyalarini aholi orasiga keng targ`ib qilish borasida mutasaddilarga tegishli ko`rsatmalar berdi.

–Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qabul qilingan Qaror va Farmonlarning targ`iboti bevosita partiyaning dasturiy vazifalaridan hisoblanadi, – deydi O‘zLiDeP rahbari A.Xayitov. – Shu boisdan “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlarini aholi orasiga keng targ`ib qilishda etakchi partiya sifatida partiyamiz faollik ko`rsatishi lozim. Bu jarayonda aholi muammolarini o`rganish va ularning echimini topishda deputatlarimiz faol va tashabbuskor bo`lishi darkor. Biroq, bugun ko`pchilik deputatlarimizda faollik, xalqparvarlik sezilmayapti.

Uchrashuv davomida partiya xodimlari, deputatlarning ijtimoiy tarmoqlarda faolligini oshirish, a`zolar safini kengaytirish, BPT faoliyatini yanada takomillashtirish, kelgusi saylovlarga nomzodlarni tanlab olishda liderlarni izlab topish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasiga oddiy xalqchil tilda targ`ibotini ko`chaytirish yuzasidan ishchi guruh tashkil etilib, joylarda bu kabi muloqotlarni o`tkazishga kelishib olindi.

Ta`kidlash kerak, tashrif davomida partiya vakillari viloyatning barcha tuman, shahar Kengashlari, deputatlik guruhlari vakillari hamda BPT faoliyati bilan ham yaqindan tanishadi.

Baxtigul QARShIEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

    Boshqa yangiliklar