AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida "Diqqat, radar!" belgisi o`rnatilmoqda

'Toshkent shahrida "Diqqat, radar!" belgisi o`rnatilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB boshlig`ining topshirig`iga binoan shahar yo`llarida «Diqqat radar!» belgisi o`rnatilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

“Shu sababli sizdan yo`llarda diqqatli bo`lishni va ushbu belgini inkor etmaslikni so`raymiz. Zero, ushbu belgilar ostidagi hududlarda stasionar yoki mobil radarlar o`rnatilganini unutmang”, - deyiladi xabarda.

Mazkur qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me`yordan yuqori bo`lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini «O`zbekiston pochtasi» Toshkent shahar filialining ma`lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga esa bu haqda pochta orqali ma`lumot yuboriladi.

Bu esa qoidabuzar va YPX xodimining to`g`ridan-to`g`ri aloqa o`rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo`yadi.

    Boshqa yangiliklar