Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining ettinchi kuni – 7 avgustda o`tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov o`zining Facebook‘dagi sahifasida.
Test sinovlarida 16 ta oliy ta`lim muassasalarining 76 ta ta`lim yo`nalishida 57 ming 804 nafar abiturient ishtirok etdi, turli sabablarga ko`ra, 1317 nafar abiturient test sinovlariga kelmadi.
Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 163 nafar abiturient, shundan 93 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zganing o`rniga kirishga uringanligi uchun, 70 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18:30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Farg`ona vodiysidan kechasi 2:00da etib keladi.
7 avgust test natijalari 8 avgust – kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.






