AsosiyJamiyat

Yurtimizda 1 oktyabrdan elektr energiyasi to`lovi oshadi

“O`zbekenergo” DAK rasmiy sayti bergan ma`lumotlarga ko`ra, 2014 yilning 1 oktyabridan elektr energiyasining tariflari oshishini ma`lum qiladi.

Elektr energiyasining ayni damdagi narxidan 10 foizga oshgan yangi tariflari O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 15 sentyabr kuni tasdiqlangan. Endilikda aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 131,4 so`mdan 144,3 so`mgacha, elektr plitasi bilan ta`minlangan xonadonlar uchun esa 65,7 so`mdan 72,15 so`mgacha oshishi belgilangan.

Qayd etib o`tamiz, elektr energiyasi tariflari bundan avval 2013 yilning aprel oyida 9,5 foizga oshgan edi.

Joriy yilning 1 oktyabrdan  elektr energiyasi bilan birga issiq va sovuq suv to`lovlari ham qimmatlashadi.

    Boshqa yangiliklar