“Sistema” aksiyadorlik moliya korporasiyasi direktorlar kengashi raisi Vladimir Evtushenkovga nisbatan jinoiy ish ochildi.
U pul mablag`larini o`zlashtirib olishda ayblanmoqda. Bu haqda ITAR-TASS agentligi xabar beradi.
“Rasmiy iltimosnoma inobatda olinib, unga sud tomonidan ehtiyot chorasini sifatida uy qamog`i qo`llandi”,-dedi Rossiya federasiyasi tergov qo`mitasining rasmiy vakili Vladimir Markin.
“Tergov qo`mitasi “Sistema” direktorlar kengashi raisi Vladimir Evtushenkov jinoiy yo`l bilan mol-mulkni o`zlashtirib olishga aloqador ekanligini tasdiqlash uchun etarlicha dalillarga ega”,-deya qayd qilib o`tdi Vladimir Markin.
Xabarda yozilishicha, Evtushenkov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi va million rubl miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, “MTS” uyali aloqa operatori kompaniyasining nazorat paketi “Sistema” AMKga tegishlidir.





