Bugun, 6 avgust kuni O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Argentinalik mutaxassis terma jamoani boshqaruvini qo`lga olishga qadar bosib o`tilgan yo`l haqida gapirib o`tdi.
«Meni juda ajoyib tarzda kutib olishdi. O`zbekistonga kelganimdan juda ham xursandman. Bu erga kelib, terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlay boshlashimga nafaqat federasiya rahbariyati, balki bevosita davlat rahbarining ham hissasi bor deb bilaman», - deya Ektor Kuperning so`zlaridan iqtibos keltiradi "Xalq so`zi" nashri.
Bundan tashqari Ektor Kuper terma jamoadagi rejalari borasida gapira turib, birinchi navbatda ishni futbolchilar, umuman futbolga aloqador barcha kishilar, narsalar bilan tanishib olishni maqsad qilganini aytdi.






