AsosiyJamiyat

TIV ko`rish qobiliyati past bo`lgan fuqarolar uchun veb-sayt yaratdi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti bergan ma`lumotlarga ko`ra, endilikda ko`rish qobiliyati past bo`lgan fuqarolar uchun vazirlikning rasmiy sayti ma`lumotlari bilan tanishish va uni o`zbek, rus, ingliz tillarida o`qish uchun alohida imkoniyat yaratildi. 

Fuqaro saytdagi mahsus ikonaning tugmasini bosishi bilan saytdagi matn kontrast uslubida ko`rish mumkin bo`ladi. Shuningdek, “shriftni kattalashtirish” opsiyasi ham mavjud. Bundan oldin saytning mobil talqini yaratilgandi. Saytning mobil talqinini ham o`zbek, rus va ingliz tillarida o`qish mumkin.

Eslatib o`tamiz, 2014 yilning avgust oyida esa O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Facebookdagi rasmiy sahifasi ochilgandi. 

    Boshqa yangiliklar