Bugun, 6 avgust erta tongda Kuper O`zbekistonga etib keldi. Mutaxassis O`FA mutasaddilari, OAV vakillari hamda muxlislar tomonidan kutib olindi.
Bugunning o`zida Kuper Milliy olimpiya qo`mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi va u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.

















