«O`zbekkonsert» to`y-hashamlardagi qo`shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi.
Murojaatda shunday deyiladi:
«Aziz yurtdoshlar! To`y-hashamlarda kuylanadigan qo`shiqlar bo`yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo`lgan maxsus yo`riqnoma ishlab chiqilishi rejalashtirilgan bo`lib, bu borada sizning takliflaringiz muhim ahamiyatga ega. Siz to`y-hashamlarda qaysi yo`nalishda va qanday ijro uslubida kuylangan qo`shiqlarni tinglashni istaysiz?»
Ushbu so`rovnoma bo`yicha takliflarni uzbekkonsert.xm@umail.uz yoki +998951942323 telefon raqamiga ochilgan telegram messenjeriga yuborish mumkin.






