Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni ham muvaffaqiyatli o`tkazildi, deb ma`lumot bermoqda Aziz Abduhakimov o`zining F
Unda qayd etilishicha, 5 avgustdan havo haroratining ko`tarilishi sababli abiturientlarning ota-onalari uchun salqin joylarda o`rinlar soni ko`paytirilgan va u erda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko`rinishda yoritib borilgan.
Test sinovlari 18 ta oliy ta`lim muassasalarining 98 ta ta`lim yo`nalishida o`tkazildi va ularda 57 ming 728 nafar abiturient ishtirok etdi. Turli sabablarga ko`ra 1443 nafar abiturient test sinovlariga kelmagan.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 292 nafar abiturient, shundan 161 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 131 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Farg`ona vodiysi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan kechasi 2:00da etib keladi.
Etib kelgan test natijalari bo`yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlandi.
5 avgust test natijalari 6 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.
06.08.2018 04:54
5 avgust kuni 1443 nafar abiturient test sinovlariga kelmagan






