Rossiyaning Kirov tumanida bankomatni o`marmoqchi bo`lgan o`g`rilarning hatti-harakatlari videokuzatuv kamerasiga tushdi, deya ma`lum qildi Ntv.ru nashri.
Niqobdagi o`g`rilar binoga qo`llarida montirovka bilan kirishgan. Ular bankomatning po`lat eshigini ochisholmagach, apparatni qimirlatmoqchi bo`lishgan. Keyin esa mashina yordamida sudrashmoqchi bo`lishgan. Bari befoyda ketgan.
Oxir-oqibat , o`g`rilar o`z makonlariga quruq qo`l bilan qaytishga majbur bo`lishgan.






