AQShda uch shovvoz San-Antonio Akvariumidan nahang baliqni aravachada olib chiqib ketishdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Ular soqchining o`girilishi bilan 61 santimetrli nahangni olib, aravachaga solib qochishgan. Videokuzatuv kameralari yordamida polisiya baliq o`g`rilarini qo`lga tushirishga muvaffaq bo`lgan. Hozirda nahang baliq akvariumga sog`-omon qaytarilgan.






