AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pensionerlar uchun elektron guvohnoma joriy qilinadi

'O`zbekistonda pensionerlar uchun elektron guvohnoma joriy qilinadi'ning rasmi

Ayni vaqtda pensionerlarning elektron guvohnomasini (ID-card) joriy qilish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kartadan pensiya va nafaqa oluvchilar shaxsini tasdiqlash hamda naqd pul shaklidagi to`lovlari avtomatlashtirish maqsadida foydalaniladi.

Shuningdek, 2018 yil yakuniga qadar korxonalar pensionerni ishga qabul qilganligi to`g`risida Pensiya jamg`armasiga faqat elektron shaklda xabar yuborish imkoniyatini yaratish orqali qog`oz shaklida ma`lumot almashinuvidan butkul voz kechish rejalashtirilgan (amaldagi qonunchilik talablariga asosan pensioner ishga qabul qilinganda korxona rahbari 5 kun ichida Pensiya jamg`armasiga buyruq nusxasini taqdim etishi va ish joyidan pensiya to`lovini amalga oshirishi shart).

Ma`lumot uchun, 2018 yil 1 iyundan boshlab pensiya ta`minotiga oid 4ta (suyunchi va dafn nafaqasini tayinlash, pensiya tayinlanganlik va miqdori to`g`risida ma`lumotnoma olish) xizmatlar davlat xizmatlari markazlari orqali olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar