AsosiyJamiyat

Test sinovlarida ishtirok etmagan abiturientlar soni 3778 kishiga etdi​, chetlatilganlar soni esa mingdan ortiq

'Test sinovlarida ishtirok etmagan abiturientlar soni 3778 kishiga etdi​, chetlatilganlar soni esa mingdan ortiq'ning rasmi

Test sinovlarining uchinchi kunida respublikadagi 17 ta oliy ta`lim muassasalarida test jarayonlari o`tkazilgan. Bu haqida bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov o`zining facebook‘dagi sahifasida ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, sinovlarda 89 ta ta`lim yo`nalishida 58 ming 533 nafar abiturient ishtirok etdi, turli sabablarga ko`ra 1166 nafar abiturient test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 272 nafar abiturient, shundan 109 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 163 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Shu tariqa uch kun ichida (1 avgust-1393 nafar, 2 avgust-1219 nafar, 3 avgust – 1166 nafar) test sinovlarida ishtirok etmagan abiturientlar soni 3778 kishiga etdi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli chetlashtirilganlar soni esa 3 kunda (1 avgust- 255 nafar, 2 avgust-486 nafar, 3 avgust – 272 nafar) 1013 kishini tashkil etdi.

Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 1:00da etib keldi.

Etib kelgan test natijalari bo`yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlangan.

3 avgust test natijalari 4 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.

Eslatib o`tamiz, Respublikada test sinovlari 15 avgustga qadar davom etadi. Bu yil 60 ta oliy ta`lim muassasasi va uning 19 ta filialiga 675 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirgan. 3 avgustga qadar ulardan 175 720 nafari sinovlarda ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar